Farg‘ona NQZda RED -40°C antifrizi ishlab chiqarish boshlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saneg kompaniyasining sho‘ba korxonasi SEG Motol Farg‘ona neft-kimyo zavodida (FNQZ) RED -40°C antifrizi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Karboksilat texnologiyasi asosida yuqori darajada tozalangan monoetilenglikol va BASF qo‘shimchalari qo‘llanilgan holda ishlab chiqarilgan antifriz korroziya va qazg‘alishdan samarali himoyani ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish quvvati oyiga 70-100 tonnani tashkil etadi, kelgusida uni 200 tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.
Mahsulot xalqaro standartlar: ASTM D3306, BS 6580 va GOST 33591 talablariga javob beradi.