Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
Birjalar 03/07/2025 Faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi

Faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 apreldagi 220-sonli qarori bilan zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narxlar o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu qaror asosida ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi.

Bugungi kunda 45 dan ortiq yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar faqat birja savdolari orqali sotilmoqda. Bu amaliyot bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlarda raqobat muhitini shakllantirish, mahsulot realizatsiyasini shaffof mexanizmlar asosida amalga oshirish, sunʼiy narx pasaytirish holatlarining oldini olish hamda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 15 iyuldan boshlab:

Monopol korxonalar;

Ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;

O‘ndan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan quyidagi mahsulotlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi belgiladi:

Xlorid kislotasi

Nitrat kislotasi

Natriy sianid

Gipoxlorit natriy

Suyuq azot

Suyuq xlor

Rux belilasi

Ferromolibden

Bazalt

Fosforit

Dolomit uni

Ushbu tartib bozor ishtirokchilarini monopol va yuqori likvidli xom ashyo hamda materiallar bilan barqaror va teng asosda taʼminlash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, sotuvchilar uchun mahsulotning bozor qiymatini aniqlashda zamonaviy birja instrumentlaridan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling