Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 03/07/2025 F-Istanbul xalqaro ko‘rgazmasi: O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqda

F-Istanbul xalqaro ko‘rgazmasi: O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 2 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Istanbul Fair Center” ko‘rgazma majmuasida “F-Istanbul” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Mazkur nufuzli tadbir jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdosi va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, unda dunyo bo‘ylab yuzlab kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ko‘magida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendi doirasida yurtimizning 11 ta mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma 5 iyul kuni qadar davom etadi. O‘zbekistonning ekspozitsiyasi 4-pavilyon, CC235-stendda joylashgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar tomonidan katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun xalqaro hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, eksport geografiyasini kengaytirish, hamda “Made in Uzbekistan” brendini jahon bozorida ilgari surishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling