Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-dekabr kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori Azim Axmedxadjayev, XAEA bosh direktori Rafael Grossi va boshqa masʼullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari boʻyicha XAEA bilan yaqindan hamkorlik qilib borilayotgani alohida taʼkidlandi.
Muloqotda, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari kelishib olindi.