Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (168-son, 18.03.2025 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;

ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:

tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo‘lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;

yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling