Eldor Shomurodov – fevral oyida “Roma”ning eng yaxshi futbolchisi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubi tomonidan 2025 yil fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.
O‘zbek hujumchisi ilk bor bu mukofotga sazovor bo‘ldi. U klubning rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Shomurodov Paulo Dibala, Anxelinyo, Zeki Chelik va Matteo Sule kabi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.