Eldor Shomurodov – aprel oyida “Roma”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.
Forvard ushbu unvonga oy davomidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli loyiq deb topildi: aprel oyidagi uchrashuvlarda u ikki gol urdi va bir marta golli pas berdi.