Valyuta kurslari 23/05/2025
$1 – 12904.51
UZS – -0,26%
€1 – 14575.64
UZS – -0,61%
₽1 – 161.99
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 28/02/2025 «Eksport forsaji» O'zbekiston kompaniyalari Rossiya bozoriga kirish mexanizmlarini o'rganmoqda

«Eksport forsaji» O'zbekiston kompaniyalari Rossiya bozoriga kirish mexanizmlarini o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 24-2- fevral kunlari Toshkentda «Eksport forsaji» dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 40 ga yaqin yuqori eksport salohiyatiga ega to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalardagi mahalliy korxonalari Rossiya bozoriga kirish mexanizmlarini o‘rgandilar.

Dastur O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi buyurtmasiga binoan Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi tomonidan amalga oshirildi.

Trening doirasida eksport strategiyasini belgilab olish, marketpleyslar va chakana savdo tarmoqlari bilan ishlash, sertifikatlash, qadoqlash, markirovkalash, logistika va yetkazib berishni tashkil etish talablari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling