Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 13/02/2025 DXX va IIV xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy jamoat fosh etildi

DXX va IIV xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy jamoat fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtdagi milliy taomlar oshxonalaridan birida tungi vaqtda bojxona idoralarining 3 nafar xodimi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi, texnopark direktori o‘rinbosari, xususiy avtomaktab direktori o‘rinbosari, “Sergeli-avto” bozorida savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqalardan iborat jami 17 nafar fuqaro ovqatlanish bahonasida to‘planib, turli xil diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy jamoat ko‘rinishidagi yig‘inlarni tashkil etishgan.

1976-2001-yillar oralig‘ida tug‘ilgan mazkur shaxslarning ko‘pchiligi asli namanganlik bo‘lib, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilishadi.

Aniqlanishicha, Bojxona qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari dinga mutaassiblarcha berilib, 2021-yildan boshlab mazkur norasmiy diniy darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelgan. U har bir dars uchun jamoat a’zolaridan ma’lum miqdorda pul yig‘ib, ustozlarga bergan.

Guruh a’zolari 1989-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan va hozirda Misr Arab Respublikasida bo‘lgan shaxsdan “Telegram” messenjeri orqali onlayn tarzda saboq olishgan.

Shuningdek, ularga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi ham offlayn tarzda diniy ma’ruzalar o‘tgan.

Hozirda Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bojxona organlari tezkor xodimi va katta inspektori, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi hamda jamoat a’zolariga Misr davlatidan turib, onlayn tarzda diniy saboq bergan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qolgan fuqarolar jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling