Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston 02/07/2025 DXX: 3 mln AQSH dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

DXX: 3 mln AQSH dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari, 1979 y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln. AQSH dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni vaʼda qiladi va evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga go‘yoki o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablag‘ini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling