Valyuta kurslari 07/07/2025
$1 – 12606.73
UZS – 0,39%
€1 – 14849.47
UZS – 0,27%
₽1 – 159.86
UZS – 0,26%
Qidirish
Sport 05/07/2025 Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi Sportchilar komissiyasiga aʼzo bo‘ldi

Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi Sportchilar komissiyasiga aʼzo bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil Parijdagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Sportchilar komissiyasi aʼzoligiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.

Komissiya aʼzoligiga butun dunyo bo‘ylab 20 nomzod ko‘rsatilgan. Ularning besh nafari qitʼa dzyudo konfederatsiyalari, yana to‘rt nafari esa IJF Ijroiya qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, komissiya tarkibiga to‘qqiz nafar sportchi saylandi. Ular qatorida Janubiy Afrika, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Kuba, Kosovo, Chexiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston vakillari bor.

Diyora Keldiyorovaning saylanishi — uning jahon dzyudosidagi yuqori natijalari va nufuzining xalqaro darajada eʼtirof etilishidir. U 2025–2029 yillar orasidagi olimpiya siklda Sportchilar komissiyasi aʼzosi sifatida sportchilar manfaatlarini himoya qiladi va Xalqaro dzyudo federatsiyasining sport siyosatida ishtirok etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling