Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 18/12/2024 Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladilar

Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Mamlakatimizda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizishi, shuningdek yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasining ayrim normalari bo‘yicha savollar o‘rtaga tashlandi va qonun tashabbuskorlari hamda soha mutaxassislarining javoblari eshitildi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasi yo‘llarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling