Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 24/01/2025 Deputatlar transport xizmatini yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi

Deputatlar transport xizmatini yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda transport sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga temir yo‘l transporti va metropolitenda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi qoidalarini buzish, haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi nosoz qurilmadan (taxografdan) foydalanish, haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shu bilan birga, avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomasiz yo‘lovchi tashish, belgilangan yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, belgilangan harakat hamda yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari, shuningdek, umumiy haqiqiy vazni, o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normalardan oshirgan holda yo‘lga va ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi bilan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi, “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Transport to‘g‘risida”gi qonunlarga Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilgani sababli, sohadagi davlat nazorati yuklatilgan vazifalar va tashkilotning nomlanishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar ham kiritilyapti.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi transport sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun muntazam yo‘nalishlarda maqbul narxlarda tashish jarayonlarini olib borish, avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’minlash jarayonlaridagi o‘zboshimchaliklarni oldini olish, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling