Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 30/01/2025 Davlatimiz rahbari "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni "Lukoyl" kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling