Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chirchiq texnoparkida Rossiyaning GRASS kompaniyasining avtomobil va maishiy kimyo zavodi ish boshladi.
Korxonaga kiritilgan investitsiyalar hajmi 5 million dollardan oshdi, deya xabar beradi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Savdo vakolatxonasi.
Zavodda yiliga 200 ga yaqin mahsulot turini o'z ichiga olgan 8,6 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yangi korxonada 90 ish o‘rni yaratiladi.
GRASS kompaniyasi yuvish vositalari, avtomobil kimyosi va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, 41 mamlakat bozorlarida taqdim etilgan.