Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning China Green Construction Import and Export uyushmasi rahbari Guo Chaolyan boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan viloyatimizda qurilish sohasidagi istiqbolli loyihalarga investisiya kiritish, hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi.
Pekin shahrida 200 ming tadbirkorni jamlagan ushbu uyushma rahbari Guo Chaolyan, viloyatimizda aholining uy-joyga bo‘lgan talabini o‘rganib chiqqanligini ma‘lum qilib, zamonaviy, ixsham va tejamkor bo‘lgan uylarni qurishga qiziqish bildirdi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.
Bu kabi uylarga talab ortib borayotganligini qayd etgan viloyat hokimi, loyihalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ma‘lum qildi.
Uchrashuvda aniq loyihalar tayyorlanib, amaliy ishlarga kirishish bo‘yicha kelishib olindi.