Valyuta kurslari 17/07/2025
$1 – 12758.36
UZS – -0,15%
€1 – 14820.11
UZS – -0,74%
₽1 – 163.34
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 16/07/2025 "China Eastern" aviakompaniyasining birinchi reysi Toshkentda kutib olindi

"China Eastern" aviakompaniyasining birinchi reysi Toshkentda kutib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning "China Eastern Airlines" aviakompaniyasi ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirib, Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.

16-iyul kuni soat 14:50da aviakompaniyaning birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bortida 137 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari esa gullar va bayramona muhit bilan kutib olindi.

"China Eastern kompaniyasi Buyuk Ipak yoʻlining ikki qadimiy poytaxti – Sian va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovini ochganidan faxrlanadi. Ishonchimiz komilki, bu yoʻnalish sayyohlik va ishbilarmonlik sayohatlari uchun yangi ufqlarni ochib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik koʻprigiga aylanadi. Biz barcha yoʻlovchilarga yuqori darajadagi xizmat koʻrsatish, xavfsizlik va qulaylikni taqdim etishga intilamiz”, - dedi aviakompaniya vakili Chju Suemin.

Parvozlar haftasiga uch marta - dushanba, chorshanba va juma kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Sayohat vaqti taxminan 4,5 soatni tashkil qiladi.

China Eastern 1988 yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan Xitoyning eng yirik aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling