Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 09/04/2025 ChatGPT yaratuvchisi O‘zbekistonda QQS to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tdi

ChatGPT yaratuvchisi O‘zbekistonda QQS to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 8 aprel kuni OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda rasman elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqdagi maʼlumot Soliq qo‘mitasi saytida eʼlon qilindi.

Shu tarzda, ChatGPT dasturini ishlab chiqqan kompaniya mamlakat hududida raqamli xizmatlarni legal ravishda taqdim etish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan buyon O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy kompaniyalar uchun QQS to‘lash majburiyati joriy etilgan. Bunday xizmat ko‘rsatuvchilar ro‘yxatiga Google, Apple, Meta, Amazon kabi yirik xalqaro korporatsiyalar ham kiritilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling