Buxorolik shifokorlar Turkiyada malaka oshiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya — sog‘liqni saqlash sohasida dunyoning yetakchi davlatlardan biri. Ayniqsa, tibbiy taʼlim, yuqori texnologik operatsiyalar, shoshilinch tibbiy yordam va farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda qardosh yurt vakillari erishayotgan natijalar salmoqli.
Shu bois so‘nggi yillarda ushbu mamlakat bilan tibbiyot sohasida hamkorlikni yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, tizim uchun kadrlar tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi borasida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti.
Ayni kunlarda Turkiya davlatida bo‘lib turgan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi бошлиғи Elyor Oltiyev boshchiligidagi delegatsiya qardosh malakatning Sog‘liq bilimlari университети rektori Kemaliddin Aydin bilan uchrashib, ushbu yo‘nalishda navbatdagi keluvga erishdi.
Unga ko‘ra, joriy yilda бошқарма maʼmuriyati ҳамда hududdagi davolash-profilaktika muassasalaridan 25 нафар rahbar tibbiy menejment bo‘yicha 7 kunlik o‘quv dasturida qatnashadi. Shuningdek, 75 нафар mutaxassis bir oydan to‘qqiz oygacha Turkiyada malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Viloyatning bir guruh yosh shifokorlari Sog‘liq bilimlari universitetiga o‘qishga yuboriladi. Shu asnoda Buxoroda transplantatsiya, kardioxirurgik, neyroxirurgik, onkogematologik, endokrinologik operatsiyalar va boshqa yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.