Valyuta kurslari 04/12/2024
$1 – 12825.43
UZS – -0,1%
€1 – 13493.63
UZS – -0,03%
₽1 – 120.98
UZS – 1,07%
Qidirish
Turizm 01/12/2024 Buxoro viloyatining Shirin mahallasiga “etnoturizm qishlog‘i” maqomini oldi

Buxoro viloyatining Shirin mahallasiga “etnoturizm qishlog‘i” maqomini oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan Shirin mahallasiga “Shirin etnoturizm qishlog‘i” maqomi berildi.

Tantanali marosimda Buxoro viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi viloyat boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti, Vobkent tumani hokimligi rahbariyati, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari Shirin turizm qishlog‘ida tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 20 dan ortiq mehmon uyi, 10 ga yaqin hunarmandchilik markazi, 20 dan ortiq savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchasi, o‘ttizga yaqin baliqchilik, halvopazlik, sho‘rdanak tayyorlash kabi xizmatlar, xorijiy hamda mahalliy sayyohlar uchun Wi-Fi nuqtalari, tashkil etish orqali 300 nafar kishini ish bilan band qilish imkoniyati yaratilayotganligini ta’kidladilar.

So‘nggi paytda bu qishloq xorijiy sayyohlarning ham gavjum sayohat manzillaridan biriga aylanib borayotganligini inobatga olib, etnoturizm qishlog‘ini yanada shakllantirish, hududdagi «Shirin etno house» markazi faoliyatini rivojlantirish, hunarmandlar markazi, qadimiy sandal uylar, dehqonchilik asbob-anjomlari tayyorlash, ot va tuyada sayr qilish, qadimiy tosh tegirmon ishi, shuningdek, asalarichilik, sho‘rdanak va milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari tayyorlash kabi udumlarni maromiga yetkazib, chet ellik mehmonlarga ham namoyish etish, targ‘ib etishga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilganligi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida yig‘ilganlar etnik qishloq ko‘kalamzorligi uchun daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling