Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatining 3 ta tumani va bitta shahrida hokim almashdi.
Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Kogon shahar hokimi edi.
Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qorovulbozor tumani hokimi edi.
Mirshakar To‘raboyev Kogon shahri hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari edi.
O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot-tahlil guruhi rahbari edi.