Bratislava-Glinka-Shota Rustaveli chorrahasida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtning Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi.
2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli bilan quyidagi cheklovlar amal qiladi:
-Bratislava yoki Glinka ko'chalari yo'nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to'g'riga va chapga o'tish yopiladi, faqat o'ngga burilish mumkin;
- Shota Rustaveli ko'chasi yo'nalishida chorraha orqali faqat to'g'riga va o'ngga harakatlanish mumkin.
Haydovchilarga marshrutni oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.