Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 Bosh vazir o‘rinbosari To‘polang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi doirasidagi obyektlarga tashrif buyurdi
Iqtisod 11/04/2025 Bosh vazir o‘rinbosari To‘polang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi doirasidagi obyektlarga tashrif buyurdi
Iqtisod 11/04/2025 Bosh vazir o‘rinbosari To‘polang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi doirasidagi obyektlarga tashrif buyurdi

Bosh vazir o‘rinbosari To‘polang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi doirasidagi obyektlarga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda so‘nggi yillarda aholi suv taʼminotini yaxshilash bo‘yicha 10 trillion so‘m yoki oldingi yillarga nisbatan 5 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi. Qariyb 7,7 million aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Ushbu sohaga qo‘shimcha ravishda 40 trillion so‘m investitsiya jalb etilib, ichimlik suvi taʼminotini 90 foiz, oqova suv tizimi qamrovini 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Asosiy eʼtibor chekka hududlarga, suv taʼminoti va sifati past hududlarni rivojlantirishga qaratilmoqda.

Aytish joizki, Surxondaryo viloyati ham ana shunday hududlar sirasiga kiradi. Bu yerda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi past edi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan tashabbus doirasida, megaloyiha – “To‘polang” suv omboridan Termizgacha qariyb 382 kilometr uzunlikdagi magistral suv tarmog‘i qurilishi amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra,

To‘palang suv omboridagi minerallarga boy obihayot viloyatning Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Bandixon, Qiziriq, Angor, Muzrobot, Sherobod tumanlari va Termiz shahriga quvurlar orqali yetib boradi hamda qariyb 2 million aholi zilol ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Asosiy maqsad – viloyat aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, aholining turmush sharoitini yaxshilash, tuman markazlari va chekka qishloq aholi punktlarida aholi salomatligini mustahkamlashdan iborat.

Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Achilboy Ramatov Surxondaryodagi aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash doirasida qurilishi amalga oshirilayotgan obyektlarga tashrif buyurdi.

Bosh vazir o‘rinbosariga To‘polang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hajmi, bosh suv tozalash inshooti, obyektlarda o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirilgan onlayn boshqarish tizimi, tumanlarda barpo etilgan rezervuarlar maʼlumotlari borasida axborot berildi.

Loyihani o‘z vaqtida va sifatli bajarishda bosh loyihachi “Gidroproyekt” AJ bilan Turkiyaning yetakchi “ART Environmental Technologies LTD”kompaniyasi hamkorlik qilmoqda.

Ushbu megaloyiha doirasida suv omboridan to Termiz shahrigacha 382 kilometr uzunlikda metall quvurlar yotqiziladi. Uning 160 kilometri magistral, 222 kilometri esa 12 ta tuman va viloyat markazini suv bilan taʼminlash uzellarigacha bo‘lgan ichki quvurlardir.

Taʼkidlash lozimki, To‘polang daryosidan keladigan suv, avvalo, suv tozalash inshootiga quyiladi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim orqali daryo suvi bir necha bosqichda filtrlanadi, xlorlanadi, tindiriladi, qum va cho‘kindilardan sifatli tozalanadi. So‘ngra ichimlik suvi magistral quvurlarga taqsimlanadi. Loyiha doirasida har bir tumanning rejalashtirilgan manzilida hajmi 1 ming, 10 ming va 20 ming kub metrdan iborat suv yig‘ish rezervuarlari qurib bitkaziladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A. Ramatov ishtirokida Termiz hamda Bandixon tumanlaridagi suv uzatish ichki hamda magistral tarmoqlari obyektlari qurilishiga start berish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda viloyat hokimi U. Qosimov, Termiz va Bandixon tumanlari hokimlari, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov, loyihaga masʼul ijrochi tashkilotlar rahbarlari, muhandis-quruvchilar, jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida Termiz tumanida 28.6 km uzunlikdagi ichki metall suv quvuri tarmog‘i hamda Bandixon tumanida 9.42 km magistral hamda 2.3 km ichki metall suv quvuri tarmog‘i barpo etiladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling