Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu haqida Migratsiya agentligi direktor o‘rinbosari Azimjon Husanov va Bolgariyaning “VERO Scaffolding” kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Andrey Samsonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishildi.
Kelishuv doirasida Qashqadaryoda “Kasbiy tayyorlov markaz”, Samarqandda “Malakani baholash markazi” tashkil etilib, nomzodlarga xalqaro miqiyosda tan olinadigan sertifikatlar beriladi va Germaniya hamda Bolgariyada ish bilan ta’minlanadi.
Loyiha joriy yil mart-aprel oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“VERO Scaffolding” kompaniyasi - qurilish sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, qurilishni rejalashtirish, konstruksiya hisoblarini tekshirish va havozalarni (lesa) modellashtirish yo‘nalishlarida Yevropada keng tajribaga ega bo‘lib, loyihalarini Yaqin Sharq, Osiyo va MDH davlatlarida ham amalga oshiradi.