Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda ilk bor bolada jigar transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiya rossiyalik mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi.
Operatsiya Bolalar tibbiyoti milliy markazida amalga oshirildi. Bemor 15 yoshli bola bo‘lib, unga "xronik jigar yetishmovchiligi" va "autoimmun gepatiti" tashxisi qo‘yilgan edi.
Operatsiya Moskvadagi V.I. Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun’iy a’zolar akademik markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Donor bemorning otasi Kamoliddin Isroilov bo‘lib, u o‘g‘liga ikkinchi hayot sovg‘a qildi.
Bemorning ahvoli barqaror bo‘lib, u shifokorlarning kuzatuvi ostida zaruriy davolanishni davom ettirmoqda.