Valyuta kurslari 09/06/2025
$1 – 12777.52
UZS – -0,42%
€1 – 14590.65
UZS – -0,11%
₽1 – 161.54
UZS – -1,35%
Qidirish
Sport 18/05/2025 Bokschilarimiz Jahon kubogida birinchi oʻrinni egallashdi

Bokschilarimiz Jahon kubogida birinchi oʻrinni egallashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Polshada boks boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Oʻtkazilgan final janglarining barchasida yigitlarimiz gʻalaba qozonib, 6 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yettinchi finalchimiz Xumorabonu Mamajonova esa kumush medali bilan taqdirlandi. Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

+90 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

Bronza medal:

-60 kg: Samandar Olimov

-70 kg: Gʻofurjon Tohirov

Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

Taqqoslash uchun, jamoamizning Braziliyada oʻtgan dastlabki bosqichda jamgʻargan oltin medallari 5 tani tashkil etgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling