Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 16/01/2025 Bojxona nazoratidan yashirilgan 717 dona bug‘u shohlari fosh etildi

Bojxona nazoratidan yashirilgan 717 dona bug‘u shohlari fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida avtoulovning yuk xonasida  yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 600 dona hayvon shoxlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, 2 dona qopda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda  yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 117 dona  shohlar fosh etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga ko‘ra aniqlangan shoxlar bug‘u turiga mansubligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bug‘ular Yevroosiyoning mamlakatlarida uchraydi va ular O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling