Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
O‘zbekiston 24/07/2025 BMT Taraqqiyot Dasturi bilan “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi

BMT Taraqqiyot Dasturi bilan “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasining AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasidagi tashrifi chog‘ida muhim kelishuvga erishildi.

Forum doirasida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Ivana Jivkovich o‘rtasida “yashil” iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 1,8 million AQSh dollari bo‘lgan grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur grant mablag‘lari O‘zbekistonda energiya auditlarini o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan budjetlashtirish, sement sanoatini dekarbonizatsiya qilish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston va BMT Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning natijalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish borasidagi amaliy ishlarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling