Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 11/12/2024 BMT Markaziy Osiyoda radiologik va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishini oldini olishga yordam beradi

BMT Markaziy Osiyoda radiologik va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishini oldini olishga yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “KONTAKT – Markaziy Osiyo: radiologik va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishini oldini olish bo‘yicha salohiyatni oshirish” deb nomlangan ikki yillik dasturi o‘z ishini boshladi.

Mazkur dastur doirasida joriy yilning 2-3-dekabr kunlari Italiyaning Turin shahrida BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha Mintaqalararo ilmiy-tadqiqot institutining shtab kvartirasida O‘zbekiston va Qozog‘istonning tegishli vazirlik va idoralarining mutaxassislari ishtirokida birinchi mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassislari bilan bir qatorda Bojxona qo‘mitasining mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Mazkur loyiha davlat xavfsizlik organlari va huquq-tartibot idoralari radioaktiv va yadroviy materiallar bo‘yicha noqonuniy savdoga urinishlarning oldini olishga qaratilgan operativ tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha salohiyatni oshirish, barqaror kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, trenerlarning mashg‘ulotlarni o‘tkazish qobiliyatini oshirish, yadro qurollar va radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishini tekshirish masalalarda mintaqaviy hamkorlik va aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu hamkorlik nafaqat huquq-tartibot idoralarining salohiyatini oshirishga, balki mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga ham qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling