Valyuta kurslari 21/04/2025
$1 – 12938.20
UZS – -0,2%
€1 – 14710.73
UZS – -0,23%
₽1 – 159.51
UZS – 0,78%
Qidirish
Iqtisod 03/02/2025 BMB Holding Skandinaviya bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

BMB Holding Skandinaviya bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bir qator Yevropa mamlakatlariga amaliy tashrif buyurayotgan "BMB Holding" kompaniya delegatsiyasi 30-31-yanvar kunlari Shvetsiyaga tashrif buyurmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida tashkil etilgan muzokaralarda "BMB Holding" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni Shvetsiya va Norvegiya bozorlariga yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Shvetsiyaning Yevroosiyo bo'yicha savdo-sanoat palatasi bosh direktori Xayns Syegren, shuningdek, "ALWAID", "Pars Saffran AB", "Exotic Fruit AS" (Norvegiya) va boshqa kompaniyalar rahbariyati bilan samarali muzokaralar o'tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling