Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Birjalar 25/03/2025 Birja savdolarini tartibga solish bo‘yicha 94 ta subyektga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi

Birja savdolarini tartibga solish bo‘yicha 94 ta subyektga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tegishli normativ huquqiy hujjatlarga asosan Raqobat qo‘mitasi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib boradi. Qo‘mita tomonidan o‘tgan 2024 yilda 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 156 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Jumladan, 55 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar sunʼiy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 77,7 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni qaytarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, 94 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

Jumladan,

Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “BEKOBODSEMENT” AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.

"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ tomonidan ham manipulyatsiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingani aniqlangan.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “GTL GAZ” MCHJ ham manipulyatsiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling