Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 15/12/2024 Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirildi

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilgani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yil 6-dekabr kuniga qadar birja savdolariga chiqarilayotgan AI-80 rusumidagi avtobenzin hajmi 2000 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdorlar 10-dekabr kunidan boshlab o‘rtacha to‘rt barobar oshirilib, hozirgi vaqtda 8000 tonnadan qo‘yib borilmoqda.

Bundan tashqari, AI-92 rusumli avtobenzinni birja savdolarida sotish hajmi ham oshirilib, kunlik 4000 tonnaga yetkazildi.

2024-yil 13-dekabr kuni ham yana 8000 tonna AI-80 markasidagi avtobenzin birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olindi.

Birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini talab va taklifdan kelib chiqib, yanada oshirish imkoniyati mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling