Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-dekabr kuni Norvegiyada KLM aviakompaniyasining Oslo-Amsterdam yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Boeing 737 samolyoti Sandeford aeroportiga favqulodda qo‘nganidan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
Samolyot bortida 182 kishi bo‘lgan, ularning barchasi sog‘-omon qoldi. Hodisaning taxminiy sababi sifatida gidravlik tizimning ishdan chiqishi ko‘rsatilmoqda. Bu so‘nggi bir sutka ichida uchinchi havo transporti bilan bog‘liq hodisa bo‘ldi.
KLM aviakompaniyasi mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda hodisani tekshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.