Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-yanvar kuni soat 23:15 da Ziyоvuddin va Navoiy stansiyalari o‘rtasidagi 3872 kilometrlik yo‘lda Toshkent-Buxoro yo‘nalishida ketayotgan 772-sonli “Afrosiyob” tezyurar poyezdi bilan bog‘liq voqea yuz berdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Temir yo‘llarda beton shpal yotgan edi, bu esa favqulodda tormozlashni talab qildi. Mashinistlarning professional harakatlari tufayli jiddiy oqibatni oldi olindi va yo‘lovchilar xavf ostida qolmadi.
To‘xtagandan so‘ng, poyezd texnik guruh tomonidan zudlik bilan ko‘rikdan o‘tkazildi. Ma’lum darajada shikastlanganiga qaramay, poyezd keyingi harakatlanish uchun xavfsiz deb topildi va o‘z yo‘nalishini davom ettira oldi va soat 01:27 da Buxoro vokzaliga yetib keldi.
Voqea joyiga zudlik bilan «Ziyovuddin» temir yo‘l masofasi mutaxassislari, Buxoro mintaqaviy uzelining xodimlari va transport xavfsizligini ta’minlash xizmati xodimlari yetib keldi. Voqea sabablari va holatlari tekshirilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdlar harakati xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Yo‘lovchilarga tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida bunday hodisalarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.