Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 31/07/2025 Berlin-Chemi va O‘zbekiston hayotiy muhim dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni muhokama qilishdi

Berlin-Chemi va O‘zbekiston hayotiy muhim dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Germaniyaning yetakchi xalqaro farmatsevtika kompaniyalaridan biri - “Berlin-Chemie” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, xususan, aholi uchun muhim bo‘lgan dori vositalarini mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni tadqiqot va ishlanmalar (R&D) hamda taʼlim sohasida kengaytirishga ham kelishib oldilar. Jumladan, “Berlin-Chemie” o‘z ilmiy va ishlab chiqarish obyektlarida o‘zbekistonlik talabalar va mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligini bildirdi. Bu orqali mahalliy mutaxassislarning salohiyati oshirilishi, xalqaro amaliyotlar bilan tanishuv va kadrlar tayyorlash tizimida sifat o‘zgarishlar kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling