Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 10/07/2025 Belgradda O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindiBelgradda O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Belgradda O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Ichki va tashqi savdo vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashib, mavjud salohiyatdan faol foydalanish muhimligini ta'kidladilar.

O'zaro hamkorlikning ikki tomonlama mexanizmlarini, jumladan, O'zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasini tuzish , shuningdek, asosiy yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga doir shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqot chog'ida, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o'zaro hamkorlik masalalari, jumladan, viza tartib-taomillarini soddalashtirish va tegishli hukumatlararo bitimlarni tuzish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling