Valyuta kurslari 06/03/2025
$1 – 12900.37
UZS – -0,02%
€1 – 13818.88
UZS – 1,89%
₽1 – 143.80
UZS – -0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 05/03/2025 Behzod Musayev XMT va Shveysariya elchisi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Behzod Musayev XMT va Shveysariya elchisi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolensky, Xalqaro Migratsiya tashkilotining (XMT) Qozog‘istondagi ofisi rahbari - O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondagi missiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchisi Serhan Aktoprak, shuningdek, XMTning O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Andrew Gray bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda asosiy eʼtibor, mamlakatimizda migratsiya jarayonlari izchil takomillashib, Xalqaro Migratsiya tashkiloti talab va standartlariga muvofiq tashkil etilayotganiga qaratildi.

XMT mutasaddilari xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni ketish oldidan ko‘niktirish tadbirlarini tashkil qilish, O‘zbekistonning Migratsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling