Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Texnologiyalar 11/07/2025 Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Har beshinchi qo‘ng‘iroq — VoLTE orqali, har bir viloyatda esa 4G o‘sishi kuzatilmoqda. Beeline Uzbekistan raqamli xizmatlardan mamlakatning istalgan nuqtasida foydalanish imkoniyatini yaratish uchun tarmoqni rivojlantirishda davom etmoqda. So‘nggi besh yil ichida Beeline Uzbekistan 4G/LTE bazaviy stansiyalarining sonini uch baravarga oshiribgina qolmay, balki eng chekka hududlarda ham barqaror qamrovni ta’minladi. Respublikaning beshta viloyatida mobil internet trafigi 25 baravarga ortdi.

Beeline Uzbekistan yuqori tezlikdagi mobil internet va ishonchli raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi 4G tarmog‘ini uzluksiz kengaytirmoqda. 2020-yillarning boshidan beri kompaniya 4G bazaviy stansiyalari sonini uch baravardan ko‘proqqa oshirdi. Faqatgina so‘nggi bir yil ichida infratuzilma sezilarli darajada kengaytirildi va yuzlab yangi LTE stansiyalar ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, mavjud stansiyalar ham modernizatsiya qilinmoqda, bu esa 2020-yilga nisbatan foydalanuvchi boshiga o‘rtacha internet tezligini 2,2 baravarga oshirishga imkon berdi.

Mijozlar trafigining doimiy o‘sishini, ayniqsa, zich aholi yashaydigan hududlarda inobatga olgan holda, Beeline Uzbekistan tarmoq sig‘imi va o‘tkazuvchanligini oshirmoqda. So‘nggi yillarda Beeline Uzbekistan tarmog‘idagi mantiqiy sektorlar soni olti barobardan ziyodga ko‘paydi. Bu esa tarmoqning eng yuqori yuklamalarda ham barqaror ishlashini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.

2023-yildan boshlab Beeline Uzbekistan mijozlari VoLTE va ViLTE texnologiyalaridan faol foydalanmoqda — LTE orqali ovozli va video qo‘ng‘iroqlar. Bu texnologiyalar HD sifatdagi ovoz, darhol ulanish va qo‘ng‘iroq vaqtida internetdan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini beradi. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan tarmog‘idagi har beshinchi qo‘ng‘iroq VoLTE orqali amalga oshirilmoqda.

4G/LTE tarmog‘ini rivojlantirishda e’tibor ayniqsa viloyatlarga qaratilmoqda: Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida bazaviy stansiyalar va foydalanuvchi trafigi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Ba’zi tumanlarda so‘nggi besh yil ichida internet trafigi 25 baravarga oshgan.

So‘nggi besh yil ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Beeline Uzbekistan bazaviy stansiyalari soni 23 baravarga oshdi. Telekom infratuzilmasining bunday keng ko‘lamli rivojlanishi tarmoq qamrovining sezilarli darajada kengayishiga hamda eng chekka hududlarda ham barqaror mobil internet bilan ta’minlashga imkon berdi.

Alohida e’tibor ilgari aloqa mavjud bo‘lmagan va uzoq joylashgan hududlarga qaratildi. Masalan, Beeline Uzbekistan tarmog‘i — shu jumladan mobil internet — birinchi marta Beruniy tumanining olis Sarkop, To‘ran va Jumaniyozov ovullarida paydo bo‘ldi.

“Bizning ustuvor maqsadimiz — barcha foydalanuvchilar uchun teng va eng keng raqamli imkoniyatlarni ta’minlash. Shu bois, infratuzilmani rivojlantirar ekanmiz, ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib, O‘zbekistonning barcha hududlarida ish olib bormoqdamiz. Strategik maqsadimiz - respublikamizning har bir fuqarosi raqamli xizmatlardan foydalana olishini ta’minlashdir,” — deydi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.

2025-yilda kompaniya O‘zbekistonda noyob texnik yechim — Triple-Band Massive MIMO 32×32 uskunasini sinov tariqasida muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Ushbu texnologiya uchta turli chastotali diapazonlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish orqali tarmoq o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada oshiradi.

Avval yirik shaharlarda ishga tushirilgan innovatsiyalar asta-sekin butun mamlakat bo‘ylab aholiga taqdim etilmoqda. Zamonaviy raqamli xizmatlar O‘zbekistonning eng chekka hududlari aholisiga ham yetib borib, kundalik vazifalarni bir necha daqiqada hal qilishda yordam bermoqda: moliyaviy va aloqa xizmatlarini boshqarish, aviachiptalarga buyurtma berish, davlat bojlari, kommunal to‘lovlar va savdo tarmoqlaridagi xaridlarni qulay tarzda to‘lash imkoniyatini yaratmoqda.

Beeline Uzbekistan haqida

“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025-yillarda “Top Employer” maqomiga ega bo‘ldi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan  

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling