Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Turizm 19/01/2025 BBC O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun 25 yo‘nalishdan biri sifatida tanladi

BBC O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun 25 yo‘nalishdan biri sifatida tanladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston BBC versiyasi bo‘yicha 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi.

BBC o‘zining birinchi yillik sayohat yo‘nalishlari qo‘llanmasida mehmondo‘stlik, jamoatchilikka yordam berish, tabiat muhofazasi va madaniy an’analarni saqlashda turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlarni ajratganini ta’kidladi.

Bu ro‘yxatni tayyorlashda BBC Travel jurnalistlari va BMTning Jahon turizm tashkiloti, Sustainable Travel International, Black Travel Alliance va Jahon turizm va sayohat kengashi kabi tashkilotlarning yetakchi xalqaro mutaxassislari ishtirok etgan.

BBC ro‘yxatda O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan. BBCning qayd yetishicha O‘zbekiston aholisining 60 foizi 30 yoshdan kichik bo‘lgan dunyodagi eng yosh mamlakatlardan biri sanaladi.

Toshkent metropoliteni nafaqat transport tizimi, balki sovet davri mozaikalariga boy san’at muzeyi sifatida ham ajralib turadi. Bu yerda mamlakatning yosh avlodi faollik bilan yetakchilikni o‘z qo‘liga olgani yaqqol ko‘rinadi.

O‘zining noyob madaniy an’analarini saqlab qolgan holda, O‘zbekiston turizmni rivojlantirishga katta sarmoya kiritmoqda, deb yozadi BBC. Yangi mehmonxonalar qurilmoqda, temir yo‘l yo‘nalishlari va ichki aviaqatnovlar ochilmoqda, shuningdek, madaniy ahamiyatga ega joylar yaratilayotgani iqtisodiy o‘sishga turtki bermoqda.

2025-yil sentyabrida O‘zbekistonda ilk yirik xalqaro biyennale — Buxoro biyennalesi o‘tkaziladi.

Boshqa muhim madaniy loyihalar qatorida mashhur me’mor Tadao Ando loyihasiga ko‘ra Davlat san’at muzeyini kengaytirish, knyaz Romanov saroyini restavratsiya qilish va qisman qayta tiklash ishlari bor.

BBC 2024-yil mayidan boshlab 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishi mumkinligini esga soldi.

O‘zbekiston Prezidenti yashil turizm startaplarining Global laboratoriyasini yaratish tashabbusini e’lon qilgan. Bu tashabbus mamlakatning barqaror rivojlanish va turizm sohasidagi harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Viza rejimining soddalashtirilishi va qo‘shni davlatlar bilan yangi transport aloqalarining ochilishi ham turizm o‘sishiga hissa qo‘shmoqda. 2024-yil noyabrida «Ipak yo‘li» nomli birinchi xalqaro sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yildi, u Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling