Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 12/02/2025 Baxtiyor Saidov Indoneziya Savdo-sanoat palatasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov Indoneziya Savdo-sanoat palatasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziya Savdo-sanoat palatasi raisi Anindya Bakri bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Indoneziya tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qo‘shma biznes loyihalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar turli istiqbolli yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki davlatning biznes doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi. Bu esa iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro savdo hajmini oshirishga yordam beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling