Valyuta kurslari 07/07/2025
$1 – 12606.73
UZS – 0,39%
€1 – 14849.47
UZS – 0,27%
₽1 – 159.86
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 17/04/2025 Baxtiyor Saidov Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Janobi Oliylari Abdullatif bin Rashid Al-Zayaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar, avvalo, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini tasdiqladilar.

Ayni paytda, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu jihatda, joriy yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo — Fors ko‘rfazi arab davlatlari Hamkorlik kengashi» formatidagi Sammitning ahamiyati alohida qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling