Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Sport 22/02/2025 Baxodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi

Baxodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Baxodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Assotsiatsiya aʼzolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi aʼzolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi.

O‘FA Ustavining 30-moddasi 4-bandga muvofiq, delegatlar Baxodir Qurbonov nomzodini ilgari surdilar va u rasman O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Baxodir Qurbonov ayni paytda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari hisoblanadi.

Ushbu lavozimda u 2025 yil yanvar oyida o‘z vazifasini tark etgan Abdusalom Azizovni almashtirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling