Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan sabzavotlar hajmi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar–dekabr oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 11 994,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan jami sabzavotlar hajmi quyidagicha:
– Fermer xo‘jaliklarida - 4 442,8 ming tonna;
– Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida - 6 998,1 ming tonna;
– Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda - 563,9 ming tonna.