Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Moliya 16/01/2025 Banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

Banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda umumiy pul tushumlari (naqd pul va terminal tushumlari) 840 trln so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 26% ga oshdi.

2024 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 1 011 trln so‘mni (naqd pul tushumlari — 501 trln so‘m, berilgan naqd pullar — 510 trln so‘m) tashkil etgani holda, 2023 yilga nisbatan 22% ga oshdi.

2024 yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar (1 034 trln so‘m) 2023 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, ushbu davrda bank kartalaridagi 226 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 19,5% ko‘p) mablag‘lar naqdlashtirib olindi.

2024 yil davomida Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha naqd pullarning (yangi namunadagi) muomalaga chiqarilishi natijasida banknotlar umumiy soni 152 mln donaga ko‘paydi.

O‘z navbatida, muomaladagi naqd pullar tarkibida ularning miqdori bo‘yicha 200 000 so‘mlik banknotlar ulushi 2024 yilda — 18,6% dan 23,4% ga, 20 000 so‘mlikning ulushi — 4,4% dan 6,7% ga yetgan bo‘lsa, 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi — 42,5% dan 40,9% ga, 50 000 so‘mlikning ulushi — 20,5% dan 16,6% ga kamaydi.

5 000 so‘mlik banknotlar tarkibida eski namunadagi banknotlar miqdori 2023 yildagi 67% dan 2024 yilda 25% ga, 10 000 so‘mlik banknotlarda — 64% dan 24% ga, 50 000 so‘mlik banknotlarda — 61% dan 25% ga va 100 000 so‘mlik banknotlarda — 39% dan 18% ga qisqardi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling