Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 18/02/2025 Bahrayn Qirolligi moliya vaziri bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Bahrayn Qirolligi moliya vaziri bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti” konferensiyasi doirasida 2025-yil 16-fevral kuni Bahrayn Qirolligi moliya vaziri Salman Al Halifa hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Bahrayn Qirolligi Markaziy banki raisi Halid Humaidan, Davlat kotibining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yordamchisi Muborak Mattar hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, infratuzilma loyihalarini shakllantirish hamda Bahrayn moliyaviy kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan:

  • Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
  •  Moliya sektorida innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
  • Bahrayn QIrolligining ilg‘or moliyaviy texnologiyalarni tatbiq etishdagi tajribasi;
  • O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ularning natijalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling