Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 BAAda O‘zbekiston mudofaa sanoati majmuasining harbiy ishlanmalari namoyish etildi

BAAda O‘zbekiston mudofaa sanoati majmuasining harbiy ishlanmalari namoyish etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.

17–21 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu ko‘rgazmada harbiy sanoat korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston uchun ajratilgan povilonlardan “Arslon” 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin oldi.

Besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sunʼiy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling