Valyuta kurslari 15/01/2025
$1 – 12971.00
UZS – -0,01%
€1 – 13308.25
UZS – 0,64%
₽1 – 126.04
UZS – -0,45%
Qidirish
Iqtisod 15/01/2025 Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi

Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling