Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Moliya 26/12/2024 Ayrim maktab xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi

Ayrim maktab xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Prezident sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lab borish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, mahallalarda sport maydonchalarini qurish joylarini aniqlash jarayoni mahalliy aholi o‘rtasida ovoz berish orqali amalga oshiriladigan yangi tartib joriy etiladi.

Davlat rahbari sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish vazifasini ham belgiladi.

Islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish choralar ko‘riladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling