Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi qizg‘in kechdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va ijtimoiy-siyosiy voqeliklarning mazmunidan kelib chiqib, har bir sohaga alohida kompleks yondashuv asosida huquqbuzarlikka mos huquqiy ta’sir choralarini belgilashga qaratilgan qator qonunlar qabul qilinmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan ham qilmishlarning xususiyati, jazolashdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarliligidan kelib chiqqan holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan tegishli o‘zgartirishlar kiritilyapti.
Qonun loyihasining qabul qilinishi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishini ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.