“Avtovaz” 2025 yildan O‘zbekistonda avtomobillar yig‘ilishini lokallashtirishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Avtovaz” kompaniyasi 2025 yil davomida O‘zbekistonda mahalliy brend ostida avtomobillar yig‘ilishini tashkil etish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolov «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida jurnalistlarga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Bizning maqsadimiz — faqatgina muvaffaqiyatli hamkorlarimiz bilan hamkorlikni tiklash emas, balki tayyor avtomobillarni eksport qilishdan mahalliy sharoitda bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga o‘tish va kelgusida avtomobillarni o‘zbek brendi ostida chiqarishga erishishdir», — dedi Sokolov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, lokallashtirishning birinchi bosqichi uchun Largus modeli tanlangan, deb xabar beradi TASS.
Loyiha hozirda faol ishlab chiqish bosqichida.
Bundan tashqari, Sokolov “Avtovaz” kompaniyasi avtomobillarni SKD (krupnouzlovaya sborka) formatida yig‘ish imkonini ham ko‘rib chiqayotganini taʼkidladi.
«Biz birinchi bosqichda Largus modelini chuqurroq lokallashtirishga yo‘nalganmiz. Shu sababli u asosiy aksiyadorimiz bo‘lgan “Rostex” stendida namoyish etilmoqda. Biroq biz SKD formatida avtomobillarning keng turdagi modellarini ham ishlab chiqarishga tayyormiz», — dedi u.